Mirobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Anvar Sayfutdinov Toshkent shahrining Mirobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Sayfutdinov Anvar Nazarovich 1981 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy.  U 2005 yilda Toshkent davlat Texnika universitetini, 2009 yilda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 

Sayfutdinov mehnat faoliyatini 2004 yilda boshlab, “Navro’z-FT” MCHJ, “Sanico Trading” xususiy korxonasi, “Shinkonrakttorg” sho‘’ba korxonasi va “Sanico Group” MCHJda rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan. 2019 yilning sentyabr oyidan shu kunga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 iyun kuni Mirobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Po‘latov Abdujabborovich “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori lavozimiga tayinlangan edi. 

Shu munosabat bilan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ashraf G‘oyibnazarovich Salaydinovga tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov hokim Mirobod Anvar Sayfutdinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made