Minskdan Dushanbega uchgan samolyot majburan Toshkentga qo‘ndi
Olam
−
22 dekabr 2020 18991 1 daqiqa
Belarus poytaxti Minskdan Tojikiston boshkenti Dushanbega yo‘l olgan “Belavia” aviakompaniyasi samolyoti tuman tufayli Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda "Asia-Plus" xabar bermoqda.
Rejadan tashqari qo‘nish bugun, 22 dekabr kuni ertalab, Dushanbe aeroporti quyuq tuman bilan qoplangan vaqtda sodir bo‘lgan. Ekipaj tuman tarqaguncha laynerni Toshkent aeroportiga qo‘ndirishga qaror qilgan.
Noqulay ob-havo chekingach, soat taxminan 14:00 larda samolyot Dushanbega yetib borgan.
Flightradar saytidan olingan suratlardan Belavia airlines samolyoti soat 09:40 da Dushanbe aeroportiga qo‘na olmay aylana shaklida parvoz qilganini ko‘ish mumkin. Havo kemasi bir nechta aylanishdan so‘ng Toshkent aeroportiga yo‘l olgani aks etgan.

Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr