Mino Rayola vafot etdi
Sport
−
28 aprel 2022
21227Mashhur futbol agenti Mino Rayola 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi. Hozircha uning o‘limi sababi tafsilotlari ochiqlanmagan.
Italiyalik 54 yoshli agent Zlatan Ibragimovich, Pol Pogba, Erling Xoland va boshqa ko‘plab futbolchilarning manfaatlarini himoya qilgan.
Mino Rayola 1967 yilda Italiyaning Nochera-Inferore shahrida tug‘ilgan. 1968 yilda u ota-onasi bilan Gollandiyaning Xarlem shahriga ko‘chib o‘tgan. U dastlab ota-onasining Xarlemdagi italyan restoranida ishlagan. 22 yoshida u mahalliy “Xarlem” futbol klubi boshqaruvida ishlay boshlagan va futbolchi sifatida ham o‘ynashga harakat qilgan.
Mino 1990 yillarning boshida “Sports Promotions” kompaniyasida futbol agenti sifatida ishlay boshlagan. Ushbu kompaniyada ishlagan vaqtida 1992 yilda Brayan Royning “Ayaks”dan “Foju”ga o‘tishi bilan shug‘ullangan. 1993 yilda uning rahbarligida Vim Yonk va Dennis Bergkamp “Ayaks”dan “Inter”ga, Marsiano Vinka “Ayaks”dan “Jeno” klubiga o‘tgan. Keyinchalik Rayola “Sports Promotions” kompaniyasini tark etgan va mustaqil agentga aylangan. Uning mustaqil agent sifatidagi birinchi yirik transferi Pavel Nedvedning “Sparta Praga”dan “Latsio”ga o‘tishi bo‘lgan.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi