Minnixonov O‘zbekistonga keldi
Olam
−
26 iyun
16919Tatariston raisi Rustam Minnixonov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonning Navoiy shahriga keldi. Bu haqda Minnixonovning matbuot xizmati xabar berdi.
Xalqaro aeroportda Minnixonovni Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari kutib oldi.
Aniqlik kiritilishicha, Tatariston rahbari dasturida korxonalarni borib ko‘rishdan tashqari, viloyat rahbariyati bilan uchrashuvlar ham o‘rin olgan, ularda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhokama qilinadi.
Ma’lumot uchun, 14 iyun kuni Minnixonov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Erkin Hamroyev bilan uchrashgan edi. Tomonlar Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari doirasida respublikalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qadamlarni muhokama qildi.
Bundan oldinroq, 6 iyun kuni Tatariston rahbari Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bilan uchrashgan edi. O‘shanda tomonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarni muhokama qildilar. Xususan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘z yuritildi.
LiveBarchasi