Minnixonov Mirziyoyev qabulida bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 oktyabr kuni Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Tatariston bilan amaliy sheriklikni kengaytirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma innovatsion loyihalarni ilgari surish masalalari har tomonlama ko‘rib chiqilgan.

Yetakchi korxona va kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning ilk natijalari mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Toshkent viloyatidagi “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki doirasida kooperatsiya ko‘lami kengayib bormoqda. Xususan, 16 ta investitsiya loyihasi tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.

Qabul qilingan “yo‘l xaritasi”ga muvofiq mashinasozlik tarmog‘ida, yangi turdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish borasida, kichik tonnajli kimyo va neftni qayta ishlash, agrar sanoat, IT sohalarida kooperatsiyani kuchaytirish va loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilingan.

O‘zbekiston hududlarida, shu jumladan Jizzax va Toshkent viloyatlarida qo‘shma biznes loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Ta’limga oid, texnik ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi dasturlarni amalga oshirishga kelishib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rustam Minnixonov

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing