Mingdan ortiq kishi O‘zbekiston fuqaroligisiz qolishi mumkin
Jamiyat
−
03 Sentabr 2019
10433Mingdan ortiq o‘zbekistonlik fuqaroligidan mahrum qilinishi mumkin. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi saytida xorijiy davlatlarga doimiy yashashga chiqib ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘yicha 1150 kishilik ro‘yxat e’lon qilindi.
Ta’kidlanishicha, ushbu fuqarolar xorijga doimiy yashashga uch yildan ortiq vaqt oldin chiqib ketgan bo‘lib, hozirga qadar konsullik hisobiga turmaganlar.
Xabarda aytilishicha, shu munosabat bilan, “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasiga muvofiq, ro‘yxatdagi shaxslarga nisbatan ular fuqaroligini olib tashlashni rasmiylashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
LiveBarchasi