Mingbuloqda qarzdor fermer o‘zini o‘ldirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 yanvar kuni namanganlik fermer o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

13 yanvar kuni soat 18:00 larda Mingbuloq tumani, Farovon mahallasida yashovchi “A-toir” FX rahbari 1962 yilda tug‘ilgan T.X. “Ij-27 Ye” rusumli vertikal shakldagi qo‘sh og‘izli ov miltig‘i qo‘ndog‘ini o‘rik daraxtiga, stvol uchini esa o‘zinining ko‘krak qafasining chap yurak sohasiga tirab, bir marotaba o‘ziga o‘q uzib, hodisa joyida vafot etgan.

T.X.ning o‘z joniga qasd qilishiga “Shoxrux Yu” FX rahbari Sh.Yu.dan 15.000 AQSH dollari olib, qarzdor bo‘lib qolganligi, ushbu qarzini to‘lay olmay, tushkunlikka tushib qolgani sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Mingbuloq fermer suitsid

Baholaganlar

295

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing