“Milton” to‘foni kamida 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Olam
−
11 Oktabr
3468AQSHning Florida shtatini qamrab olgan halokatli “Milton” to‘foni qurbonlari soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sent-Lyusi va Sitrus okruglarida, shuningdek, Ormond-Bich va Sankt-Peterburg shaharlarida yashagan 10 kishi halok bo‘lgan. Biroz vaqt o‘tgach, Tampa shahrida qutqaruvchilar yana bir qurbon – taxminan 70 yoshli ayolning jasadini topgani ma’lum bo‘ldi. Dovul qurbonlari va jarohatlanganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.
Shtat gubernatori Ron DeSantisning so‘zlariga ko‘ra, 10 oktyabr oqshomiga qadar tabiiy ofat hududidan 340 kishi va 49 uy hayvonlari qutqarib olindi. Hozirgi vaqtda “Milton” post-tropik siklon sifatida tasniflanadi.
10 oktyabrga o‘tar kechasi, dovul Sarasota okrugiga yetib kelganida, Milliy dovul markazi uni 3-toifali dovul deb tasnifladi. Keyinchalik, u shtat bo‘ylab harakatlanar ekan, u 1-toifaga zaiflashdi, ammo bo‘ron sifatidagi maqomini saqlab qoldi.
“Milton” to‘fonidan ko‘rilgan zarar
Fitch Ratings reytingiga ko‘ra, Florida aholisining sug‘urtalangan mol-mulkiga “Milton” to‘foni oqibatida yetkazilgan zarar 30 milliard dollardan 50 milliard dollargacha bo‘lgan. Bu 2022 yilda taxminan xuddi shu yo‘nalish bo‘ylab o‘tgan “Ian” to‘foni keltirgan zarardan keyingi eng katta zarardir (60 milliard dollar).
CNN ta’kidlashicha, Fitch Ratings bahosi sug‘urtalanmagan mulkka yetkazilgan zararni hisobga olmaydi, bu ham juda katta bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, sentyabr oyida Florida shtatida sodir bo‘lgan “Helen” to‘foniga kelsak, sug‘urtalanmagan mulkka yetkazilgan zarar sug‘urtalangan mulkka yetkazilgan zarardan ko‘proq bo‘lgan. Bunga Floridaning o‘sha paytdagi eng ko‘p jabrlangan hududlari aholisi orasida sug‘urta yo‘qligi sabab bo‘lgan.
Oxirgi 48 soat ichida o‘n millionlab gallon benzin va dizel yoqilg‘isi olib ketayotgan kamida yetti yirik tanker Janubiy Florida tomon yo‘l olgani xabar qilingan. Bu “Milton” to‘foni sabab bo‘lgan talabning eng yuqori cho‘qqisida tugagan yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yoqilg‘i zaxiralarini tiklashga yordam beradi.