Milliy reytingda kuchli uchlikka kirgan OTMlarga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingida so‘nggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. 

Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi yuzasidan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida shu haqda aytib o‘tdi.

Akademik va moliyaviy mustaqillikni belgilashda esa xalqaro e’tirof etilgan ta’rif va standartlarga asoslaniladi, ya’ni mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilish belgilanmoqda.

Ma’lumot uchun, OTMlarning 2020 yil uchun milliy reytingida dastlabki uchta o‘rinni O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM reyting

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing