Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biriga aylanadi – Saida Mirziyoyeva
Jamiyat
−
09:16 579 1 daqiqa
Toshkentda jahonning eng mashhur arxitektorlaridan biri, Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando loyihasi asosida yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi barpo etilmoqda. Kecha, 11 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev muzey qurilish jarayoni bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
.jpg)
.jpg)
Qayd etilishicha, Tadao Andoning loyihasi bo‘yicha bunyod etilgan muzey va madaniy maskanlar Yaponiya, Yevropa hamda AQSHda yuksak qadrlanadi. Uning me’moriy uslubi chizgilarining soddaligi va aniqligi, makon va yorug‘lik uyg‘unligiga o‘ziga xos yondashuvi bilan dunyoga tanilgan.
.jpg)
Saida Mirziyoyevaga ko‘ra, Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biriga aylanishi shubhasiz. Bu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va ta’lim maydonlari o‘rin oladi.

.jpg)
“Mamlakatimizdagi ana shunday tarixiy ahamiyatga molik loyihalar ustida dunyo miqyosidagi me’morlar ishlashi biz uchun juda muhim. Ular barpo etgan ob’ektlar uzoq yillar davomida xalqimizga xizmat qiladi, tariximiz va madaniy merosimizning ajralmas qismiga aylanadi”, deya yozgan Prezidenti Administratsiyasi rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt markazida barpo etilayotgan O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi