Milliy gvardiya tizimida tayinlovlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
24 may 2021 21399 1 daqiqa
O‘zbekiston Milliy gvardiyasida ikkita tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, podpolkovnik Anvar Sa’dullayevich Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, podpolkovnik Muxtorjon Muhammadjonovich Muxsimov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr