Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosarlari bittaga ko‘payadi
Jamiyat
−
11 avgust 2021
5322Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosarlari soni bittaga ko‘payadi. Yangi o‘rinbosar o‘quv-tarbiya muassasalarida yoshlarning ta’lim va tarbiya olish jarayonlarini hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga mas’ul bo‘ladi. Bu haqda “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Jamoat xavfsizligi universitetida “Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi tashkil etiladi.
Milliy gvardiyaga quyidagi qo‘shimcha vazifalarni yuklash rejalashtirilmoqda:
- o‘quv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarini ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rish;
- yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni moddiy, huquqiy va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash;
- o‘quv-tarbiya muassasalarida sifatli ta’lim va tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yishga, ularning maishiy shart-sharoitlari yaxshilanishiga, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
- yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish;
- zamonaviy usul va shakllardan foydalangan holda jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va dunyoqarashi keng yoshlarni shakllantirish, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni sport turlariga qiziqtirish va jalb etish.
LiveBarchasi