Milliy gvardiya qo‘mondoniga qo‘shimcha vakolatlar beriladi

Jamiyat

image

2020 yilning 1 sentyabridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlari lavozimlarini jamlash ustuvor tarzda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalarining tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega, tayyorgarlik mashg‘ulotlari va tanlov bosqichlaridan o‘tgan ishchilari orasidan tanlab olish orqali amalga oshiriladi. Bu haqda Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida belgilangan. Loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanib, o‘z vakolatlari doirasida davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa ob’ektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash bo‘yicha vazifa va funksiyalarni, ko‘rsatilayotgan qo‘riqlash xizmatlari uchun kelib tushayotgan mablag‘lar hisobiga, o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash, xarajatlarini qoplash va mustaqil xo‘jalik yuritish tamoyili asosida amalga oshiradi.

Qo‘riqlash bosh boshqarmasining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi:

•    qo‘riqlash faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

•    davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa ob’ektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash;

•    texnik qo‘riqlash vositalarini qo‘llash va ob’ektlar xavfsizligini ta’minlash tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish;

•    ommaviy tadbirlar va aholi gavjum joylarda jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish va bunda huquq-tartibot organlariga ko‘maklashish;

•    yuridik shaxslarga tegishli idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarida inspektorlik tekshiruvlari o‘tkazish (huquq-tartibot organlari va harbiylashtirilgan tuzilmalardan tashqari), ob’ektlarda ichki, ruxsat berish rejimlariga rioya etilishiga doir tadbirlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga:

•    jismoniy va yuridik shaxslar bilan qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish borasida tuzilgan shartnomalar asosida Qo‘riqlash bosh boshqarmasining tashkiliy-shtat tuzilmasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish;

•    O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘riqlash xizmatlarining tariflari (narxlari)ni O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, boshqa tashkilotlar uchun – mustaqil belgilash huquqi beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya

Baholaganlar

575

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing