Milliy gvardiya xodimi tashkilot nomiga dog‘ tushirdi

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimining ishtirokidagi video tarqalib, ayni vaqtda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. 

Bilasiz, so‘nggi yillarda odamlarning huquq-tartibot organlari xodimlariga nisbatan ishonchi tiklanib bormoqda. Biroq, ayrim holatlar yana misqollab yig‘ilayotgan obro‘ning to‘kilishiga xizmat qilmoqda. 

Telegram’dagi kanallarda tarqalgan videoda Qo‘qondagi ko‘ngilochar markazlaridan birida yuz bergan voqea aks etgan. 

Unda Milliy gvardiya xodimi karaoke-zalga kirib, u yerdagi yumshoq o‘rindiqda turgan yostiq ortiga  kichik pichoqni yashirib, xonadan chiqib ketadi. Oradan ko‘p o‘tmay ushbu xonada xodim sheriklari bilan kirib keladi. Tintuv vaqtida yostiq ostida go‘yo pichoq topiladi va shundan keyin markaz egasiga sovuq qurolni saqlash ayblovi qo‘yilgan.

Ayni vaqtda voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. “Nayrangboz” xodimga nisbatan tegishli choralar qo‘llanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya

Baholaganlar

395

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing