“Million” jamoasining konserti ham qoldirildi

Madaniyat-san’at

image

Biroz avval, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Xalqlar do‘stligi” konsert saroyida o‘tayotgan navbatdagi yakkaxon konsert dasturining qolgan seanslari mamlakatga koronavirus qayd etilishi sabab vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik. 

QALAMPIR.UZ manbasining ma’lum qilishicha, “Million” jamoasining 28-30 mart, 1-6 aprel kunlariga mo‘ljallangan konsert dasturi ham bekor qilingan. Biz mazkur masalada to‘liq ma’lumot olish maqsadida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov bilan bog‘landik. 

“O‘zbekkonsert” rasmiysining qayd etishicha, “Million” jamoasining konsert dasturi mos raqishda 27 iyun — 6 iyul kunlariga ko‘chirilgan. 

“O‘zbekkonsert” ikki konsertning xarid qilingan chiptalarining amal qilishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligini, qo‘shimcha ma’lumotlar berib borilishini va’da qilyapti.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

Million jamoasi

Baholaganlar

281

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing