Milliardlar: O‘zbekiston aholisining gazdan qancha qarzi borligi ochiqlandi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2021 15718 1 daqiqa
Bugungi kunda 1,2 milliondan ortiq iste’molchining “zangori yoqilg‘i” uchun 501,6 milliard so‘m miqdordagi debitorlik qarzdorligi mavjud. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda, zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunasi hali o‘rnatilmagan 1,5 mln. iste’molchilar sarflangan gaz uchun eski namunadagi gaz hisoblagichlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘lov qilishni davom ettirmoqda.
“Hududgazta’minot” tez orada butun mamlakat bo‘ylab “aqlli hisoblagichlarni” o‘rnatish ishlari yakulnashini va yangi “schetchik”lar ishga tushgach iste’molchi baribir qarzdorligini qoplashga to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan.
Live
Barchasi