Millatlar ligasi: Niderlandiya Belgiyani yanchib tashladi. Fransiya alamli mag‘lubiyatga uchradi

Sport

image

Kecha, 3 iyun kuni futbol bo‘yicha Millatlar ligasining 1-tur bahslari davom ettirildi.

Bugungi kunda dunyoning eng kuchli jamolaridan biri Fransiya o‘z uyida Daniyani qabul qildi va 2:1 hisobida imkoniyatni boy beridi. "Stade de France"ga yig‘ilgan muxlislar birinchi taymda gol ko‘rishmadi. Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Nukunkuning super uzatmasidan so‘ng Karim Benzema hisobni ochdi. Shundan so‘ng fransuzlar ustunlikni mustahkamlashi kutilgandi. Biroq Daniya tushkunlikka tushmadi. 68 va 88-daqiqada Kornelius Fransiya darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi. Shu tariqa, ko‘pchilik uchun kutilmaganda, fransuzlar Millatlar ligasini mag‘lubiyat bilan boshladi.

Kunning yana bir qiziqarli uchrashuvida Belgiya maydoniga safar qilgan Niderlandiya termasi 4:1 hisobidagi o‘ta ishonchli g‘alaba bilan qaytdi. Shuningdek ko‘pchilik uchun kutilmaganda Xorvatiya Avstriyaga 0:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Millatlar ligasi

Baholaganlar

28

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing