Milanda 5 asr ichidagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 17 dekabr kuni Italiyaning Milan shahrida so‘nggi 500 yil ichidagi eng kuchli zilzila qayd etildi. Bu haqda Italiyaning Milliy geofizika va vulqonshunoslik instituti vakili Luchiya Ludzi ma’lum qilgan

Uning ta’kidlashicha, magnitudasi 3,9 ni tashkil etgan zilzila mahalliy vaqt bilan soat 16:59 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri shaharning o‘zidan 6 km g‘arbda, 56 km chuqurlikda bo‘lgan. 

Ludzining so‘zlariga ko‘ra, ushbu zilzilani 500 yil oldin ushbu hududda qayd etilgan zilzila bilan taqqoslash mumkin. 

"Taxminan 5 balli yagona kuchli zilzila bu yerda 1396 yil 26 noyabrda sodir bo‘lgandi. O‘shanda uning epitsentri Monsa shahrida bo‘lgan (hozirgi Milan shahri atrofi)", deya qo‘shimcha qilgan Ludzi.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Italiya

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing