“Milan” YeCHLda ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
Sport
−
04 noyabr 2021
2732Kecha, 3 noyabr kuni Italiyaning “Milan” klubi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida “Portu”ni qabul qildi.
“Rossonerilar” joriy yil Yevropaning asosiy klublar musobaqasida ketma-ket 4-uchrashuvda ham g‘alaba qozona olmadi (1:1).
O‘yin debyutidayoq “Portu” Luish Diashning golidan so‘ng, hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq Stefano Pioli shogirdlari ikkinchi bo‘limda Chansel Mbembaning 61-daqiqadagi avtogoli evaziga muvozanatni tikladi. Ushbu durang natijadan evaziga “Milan” Chempionlar ligasi guruh bosqidagi birinchi ochkoni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi “Milan” – “Atletiko” (1:2) uchrashuvida yo‘l qo‘ygan xatosi uchun bosh hakam Junayt Chaqir UEFA tomonidan jazolangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi