Milan o‘z vingeri bilan yangi shartnoma imzoladi

Sport

image

“Milan” himoyachisi Teo Ernandes jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining “Milan” bilan yangi shartnomasi 2026 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan. Yangi shartnoma tuzilgani haqida yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.

Ernandes “rossonerilar” safiga 2019 yilning yozida “Real”dan 21,5 million yevro evaziga o‘tgan. Joriy mavsumda himoyachi Italiya A seriyasida 19 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ernandesning italyan klubi bilan imzolagan avvalgi shartnomasi 2024 yilga qadar mo‘ljallangan edi. “Taransfermarkt” portali fransiyalik himoyachini 48 million yevroga baholagan.

Ma’lumot uchun, “Milan” 23 o‘yinda 49 ochko to‘plagan holda A Seriya turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real Milan Teo Ernandes

Baholaganlar

7

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing