“Milan” Salemakers bilan shartnomani uzaytirdi
Sport
−
11:39 373 1 daqiqa
Italiyaning “Milan” jamoasi qanot yarimhimoyachisi Aleksis Salemakers bilan amaldagi shartnomasi uzaytirganini ma’lum qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Belgiya terma jamoasi futbolchisining “rossoneri” bilan yangi kelishuvi 2031 yil iyun oyiga qadar amal qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Aleksis Salemakersning joriy mavsumning birinchi yarmidagi o‘yinlaridan so‘ng uning maoshi sezilarli ravishda oshirilgan. Bu mavsumda belgiyalik futbolchi “Milan” safida barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Massimiliano Allegri boshchiligidagi “Milan” A Seriya turnir jadvalida 15 turdan so‘ng 32 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Milanning boshqa bir jamoasi “Inter” 33 ochko bilan chempionatda yetakchilik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ispaniyalik himoyachi Erik Garsiya ham “Barselona” bilan amaldagi shartnomasini 2031 yil yoziga qadar uzaytirgan edi.
Live
Barchasi