“Milan”ning sobiq bosh murabbiyi Ronalduning ustoziga aylanadi
Sport
−
10 Sentabr 2024 3012 1 daqiqa
Italiyalik Stefano Pioli Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi yangi bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu haqda “Fatah Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda jamoani boshqarayotgan Luish Kashtru tez orada klubni tark etadi.
“Al-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumini g‘alaba va durang bilan boshladi va ikki turdan keyin turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Mahalliy Superkubok finalida Kastro shogirdlari “Al-Hilol”dan yirik 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Ma’lumot uchun, Pioli 2019 yilning oktyabr oyidan beri “Milan”da ishlagan, uning boshchiligida jamoa 2021/2022 yilgi mavsumda A Seriyada g‘olib chiqdi va keyingi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l oldi.
Qayd etilishicha, “Al-Hilol”dan uchralgan mag‘lubiyat “Al-Nasr” rahbariyatining bosh murabbiyni almashtirish istagida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr