Mikel Arteta: “Misli ko‘rilmagan muammoga duch keldik”

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta koronavirus yuqtirib olgani haqida xabarlar tarqaldi. Arteta ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

“Barchaga salom. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. Ayni damda o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman. Barchamiz misli ko‘rilmagan muammoga duch keldik. Har bir insonning salomatligi birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham bir-biringizni hurmat qiling va qo‘llab-quvvatlang. Barcha ko‘rsatmalarga rioya qilsangiz birgalikda bu muammolarni hal qilamiz. Bunday og‘ir vaziyatda chempionatlarni o‘z vaqtida to‘xtatib to‘g‘ri ish qilishdi”, deb yozdi Arteta o‘zining Instagram'dagi rasmiy sahifasiga

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda Italiya A seriyasi, La Liga, APL, Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va bir qator yirik musobaqalar koronavirus sabab aprel oyiga qadar to‘xtatildi.

Hozirga qadar 140 214 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 5123 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 70 733 kishi kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” klubi futbolchisi Daniyele Ruganida, “Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta va “Lester” klubining uch nafar futbolchisida koronavirus alomatlari aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Futbol Mikel' Arteta Koronavirus

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing