Mikel Arteta: “Barchasi ortda qoldi”
Sport
−
24 mart 2020
5040Bir necha kun oldin Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ayni paytda Arteta koronavirusdan butkul sog‘ayib ketdi. Bu haqda murabbiyning o‘zi ma’lum qildi.
“Ayni damda o‘zimni juda ham yaxshi his qilyapman. Koronavirusni qanday qilib yuqtirib olganimni bilmayman. Nima bo‘lgan taqdirda ham hozir ancha yaxshiman. Barchasi ortda qoldi. O‘zimni ancha yaxshi his qilishim uchun oradan 3-4 kun vaqt o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Endi o‘zimni xotirjam his qilsam bo‘ladi. Sog‘ayib ketishim uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlarni qilgan shifokorlarga rahmat aytaman”, deydi Mikel Arteta.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasiga chalingan futbolchilar tobora ortib bormoqda. Italiya, Angliya, Ispaniya va Germaniya chempionatlarida faoliyat olib borayotgan futbolchilarning bir nechtasi koronavirus yuqtirib olgan.
Ma’lumot o‘rnida, ayni damda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 32 287 nafarni tashkil etadi. 17 147 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 103 389 nafardan ziyod insonlar koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi