Migratsiya siyosatini kuchaytiramiz – Germaniya kansleri
Olam
−
19 iyun 2024
5300Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakatning oltita hududiy rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Vittenberg shahrida o‘tgan uchrashuvda kansler noqonuniy migratsiya masalalarini muhokama qilgan. O‘tgan yili migratsiya to‘g‘risida uzoq muddatga mo‘ljallangan qarorlar qabul qilinganini aytgan Shols ularning yaqin orada kuchga kirishini eslatgan.
“Biz migratsiya siyosatini kuchaytirish uchun olib borilayotgan tendensiyalarning davomiy bo‘lishini ta’minlash borasida hamma narsani qilamiz”, degan kansler.
Keltirilishicha, Germaniyaning sharqiy shtatlari hukumat rahbarlarining konferensiyasiga boshchilik qilayotgan Saksoniya-Anxalt bosh vaziri Rayner Xazeloff kanslerning muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tgani haqidagi so‘zlarini to‘liq tasdiqlagan.
“Kansler ta’kidlaganidek, o‘tgan hafta Magdeburg yaqinidagi Volmirshtedtda sodir etilgan pichoqli hujum deportatsiya amaliyoti bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatdi. Odamlar hozir o‘zlarini xavfsiz his qilishmayapti”, degan Xazeloff.
Kansler ham uchrashuvda ko‘tarilgan barcha mavzular bo‘yicha kelishuvga erishilganini tasdiqlagan. Endilikda Brandenburg shtatlari – Saksoniya va Tyuringenda o‘tadigan bo‘lajak saylovlarda o‘ng qanot vakillarining muvaffaqiyatiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham migratsiya siyosatida faqat oldinga harakat qilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya kansleri Rossiyaga yaqin davlatlar ham urushga shubha bilan qarashini aytgandi.
LiveBarchasi