Migrantlar diqqatiga: Rossiyada vaqtinchalik qolish muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Rossiyada migrantlarning vaqtincha yashash muddati 2021 yil 15 iyungacha uzaytirildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tegishli qarori qabul qilingan.

“Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2020 yil 18 apreldagi 274-sonli “Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga quyidagi o‘zgarishlar kiritilsin: a) 1-bandning birinchi xatboshidagi «2020 yil 15 dekabrgacha» degan so‘zlar «2021 yil 15 iyunga qadar» degan so‘zlar bilan almashtirilsin”, deyiladi hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada doimiy yoki vaqtincha yashash ruxsatnomasining muddati tugagan xorijliklar 15 dekabrgacha mamlakatda qoliishga ruxsat berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Migrantlar

Baholaganlar

322

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing