MIB “UzAutoMotors”dan 257 mln so‘m boj undirdi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2021
10590Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi “UzAuto Motors” AJdan 250 mln so‘mdan ortiq bojni davlat byudjetiga undirdi. Bu haqda byuro Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi ish yurituviga Toshkent shahar sudining joriy yil 13 avgustdagi qaroriga ko‘ra, “UzAutoMotors” AJdan respublika byudjetiga 257 mln 679 ming 319 so‘m davlat boji undirilishi ko‘rsatilgan ijro varaqasi kelib tushgan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qo‘shma korxona tomonidan respublika byudjetiga 257 mln 679 ming 319 so‘m mablag‘ undirilishi ta’minlangan.
Qayd etilishicha, kelgusida mazkur pullarning ma’lum bir qismi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi.
LiveBarchasi