MIB xorijiy kompaniya foydasiga 334 million so‘m undirib berdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “DONGSAN” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “GST KOREA CO LTD” kompaniyasi foydasiga 62,427,28 dollar, 4,100,000 so‘m davlat boji va 7,200 so‘m pochta xarajati undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli idoralarga so‘rovnomalar yuborilgan va hisob raqamiga band solingan.

Qarzdor “DONGSAN” mas’uliyati cheklangan jamiyatining yuridik manziliga chiqilib, MCHJga tegishli 1 dona tugallanmagan binosi xatlangan.

Natijada qarzdordan joriy yilning 19 mart kuni 334.000.000 so‘m naqd pul mablag‘i undirilib, pul mablag‘i konvertatsiya qilindi va “GST KOREA CO LTD” kompaniyasi hisob raqamiga o‘tkazib berildi.


Maqola muallifi

Teglar

MIB

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing