MIB Caravan Group restoranlar tarmog‘i yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Caravan Group” MCHJ restoranlari bilan bog‘liq vaziyat borasida tarqalgan ma’lumot yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining (20. 11. 2018,  16. 01. 2019,  28. 01. 2019 va 05. 03. 2019) qarorlariga asosan qarzdor “Kreative Studio Caravan” MCHJ,  “Protekt Konsalt” MCHJ,  “Caravan Group” MCHJ va “Karavan Art” MCHJlardan AT “Asakabank” foydasiga jami 15,5 mlrd  so‘m,  ATB “Kapital bank” foydasiga 3,7 mlrd  so‘m va davlat foydasiga 77,2 mln  so‘m undirish, kredit qarzdorligi bo‘yicha undiruvni jami bahosi 21,6 mlrd so‘mga teng garovda bo‘lgan: Mirzo Ulug‘bek tumani, Sho‘rtepa ko‘chasi 253-uy, Yakkasaroy tumani Abdulla Qaxxor ko‘chasi 25-uy, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Xo‘jakent mavzesi hamda “Xo‘jakent” QFY xududida joylashgan bino-inshootlarga qaratish belgilangan.

Ijro hujjatlari bo‘yicha tegishli tartibda ijro ishlari qo‘zg‘atilib,  qarzdor korxonalarga ijro hujjati talablarini bajarish uchun 15 kungacha bo‘lgan ixtiyoriy muddatlar belgilangan va qaror nusxalari tegishli tartibda korxona rahbarlariga topshirilib, ular xabardor qilingan. Shuningdek, ijro harakatlari haqida shaxsan Timur Musinga ham MIB xodimlari tomonidan tushuntirish berilgan.

“Qarzdorlar tomonidan ijro hujjatlari talablari ixtiyoriy bajarilmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan. Qarzdor korxona rahbarining Byuro xodimlari harakatlariga e’tiroz bildirishi o‘rinsiz. Majburiy ijro Byurosi mazkur qarzdor korxonaga nisbatan ijro harakatlarini faqatgina sud qarori ijrosini qat’iy ta’minlash doirasida amalga oshirmoqda”, deyiladi xabarda.

Majburiy ijro harakatlari davomida Yakkasaroy tumani Abdulla Qaxxor ko‘chasi 25-uy (Chelsea ARMS, bahosi 4 mlrd so‘m) hamda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Xo‘jakent mavzesida joylashgan (Cinara`s,  6 mlrd so‘m) bino inshootlar xatlanib, qarzdor korxona rahbarlariga tegishli tartibda xabarnoma yuborilgan holda 14.05.2019 yilda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan. Ushbu ko‘chmas mulklarning auksion savdolari joriy yilning 13 va 14 iyun kunlari o‘tkazilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Caravan Group

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing