O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar ko‘paydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana 9 nafarga oshib, 167 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Avvalroq, koronavirus yuqtirgan bemorlar soni 8 nafarga ko‘payib, 158 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 7 kishi kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

581

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing