Meyvezer revansh jangi uchun Konorga qancha taklif qilgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorga kelasi yilning mart oyida Yaqin Sharqda revansh janggini o‘tkazishni taklif qilmoqda. Bu haqda “The San” nashri xabar berdi.

Floyd irlandiyalik jangchiga revansh jang uchun 157,9 million dollar to‘lashga tayyor. Shuningdek, Meyvezer Konor bilan jangining anderkartida yengil vazn toifasidagi iqtidorli bokchilar Jervonta Devis va Rayan Garsiya o‘rtasidagi jang bo‘lishiga umid qilmoqda.

“Floyd yana 30 yoshga kirgandek mashq qila boshladi. U haqiqatan ham yaxshi formada. Meyvezer odamlarga Konor bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi. Chunki bu oson pul topishning eng yaxshi yo‘lidir. Meyvezer va Konor janggi Yaqin Sharqda kelasi yilning mart oyida sodir bo‘lishi mumkin. O‘sha kechada Devis va Garsiya o‘rtasida jang ham bo‘ladi”, degan Floyd Meyvezerga yaqin kishilardan biri.

Ma’lumot uchun, sportchilar o‘rtasidagi birinchi boks uchrashuvi 2017 yilning yozida bo‘lib o‘tgan. Unda Meyvezer 10-raunddaga kelib, texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing