Metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narx iyungacha o‘zgarmaydi
Jamiyat
−
01 aprel
6214O‘zbekistonda metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytirilyapti. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yilning 30 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 173-sonli qarori qabul qilingan va unda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 1 iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilangan.
“Ya’ni 1 apreldan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida juz’iy o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 3 250 so‘m edi)”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi