Messisiz qolgan “Barselona” Ronaldusi bor “Yuventus”ni yirik hisobda taslim qildi

Sport

image

Kecha, 8 avgust kuni “Estadi Yoxan Kroyff”da bo‘lib o‘tgan Joan Gamper Kubogi finalida “Barselona” “Yuventus”ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Lionel Messisiz qolgan kataloniyaliklar Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi turinliklar darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi. O‘yinning uchinchi daqiqasidayoq “Barselona”ning yangi futbolchisi Memfis Depay hisobni ochdi. Ikkinchi taym 57-daqiqasida esa burchakdan oshirib berilgan to‘pni Martin Breytueyt boshi bilan darvozaga joyladi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Rikki Puch yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:0. 

Ma’lumot uchun, Joan Gamper kubogi “Barselona” tomonidan har yili o‘tkaziladigan o‘rtoqlik turniri. Klub prezidenti Enrike Lode tomonidan 1966 yilda asos solingan va “Barsa”da uzoq yillar prezident bo‘lib ishlagan Joan Gamper sharafiga nomlangan. Musobaqada mezbon jamoa 44 marta g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi Yevropa chempionlar ligasi guruh bahslarining 6-turida “Yuventus” “Barselona”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Yuventus Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Gamper kubogi

Baholaganlar

677

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing