Messining uch bolasi yetim qolishi mumkin

Sport

image

Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi yaqin kunlarda turmush o‘rtog‘i Antonella Rokutsso bilan ajrashishi mumkin. Bu haqda “Oi Canadian” xabar berdi

Nashrga ko‘ra, juftlik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga jiddiy darz ketgan, buning yuzaga chiqishi, dastlab joriy yilning 30 oktyabr kuni Messi “France football” nashri tomonidan topshiriladigan yilning eng yaxshi futbolchisi uchun sovrin – “Oltin to‘p”ni qabul qilib olayotganda ko‘zga tashlangan. 

Ya’ni, futbolchi mukofotni olgach, oilasidan sahnaga chiqishni so‘ragan, ammo sahnaga faqat uning 3 o‘g‘li chiqqan. Antonella esa buni rad etgan. Shundan so‘ng Messi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylab boradigan oilaviy suratlarini sezilarli darajada kamaytirgan. Hatto, Instagram sahifasidagi o‘zining 5 kishilik oilasi aks etgan asosiy fotoni ham “Oltin to‘p” bilan tushgan rasmiga o‘zgartirib qo‘ygan. 

15 yildan beri baxtli yashab kelayotgan juftlik dunyo mashhurlari orasida eng barqaror oilalardan biri sifatida tilga olinar edi. Shu bois bu mish-mishlar ko‘pchilikni hayratda qoldirmoqda. Ayrim nashrlar Messi va uning turmush o‘rtog‘i o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqlik tushishiga jurnalist Sofiya Martines sababchi bo‘lgani haqida yozmoqda. Ammo bunga aynan nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan. 

Ma’lumot uchun, Lionel Messi va Antonella Rokutsso 2009 yildan beri birga. Ular 2017 yilda rasman turmush qurgan bo‘lib, hozirda juftlikning 3 nafar o‘g‘li bor.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Oltin to'p Antonella Rokutstso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing