Messining singlisi Mayamida avtohalokatga uchradi
Sport
−
17:11 1098 1 daqiqa
“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining singlisi Mariya Sol Messi AQSHning Mayami shahrida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Nueva Rioja” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, avtohalokat oqibatida Mariya Sol kuyish jarohatlari, umurtqa pog‘onasi sinishi, tovon va bilak suyagi sinishi kabi jiddiy tan jarohatlarini olgan. Shifokorlar unga uzoq muddatli va keng qamrovli reabilitatsiya zarurligini bildirgan.
Shu sababli, u 2026 yilning 3 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan to‘y marosimini noma’lum muddatga qoldirishga majbur bo‘ldi. Mariya Sol “Inter Mayami” U19 jamoasi murabbiyi Julian Arellano bilan turmush qurishi kerak edi.
AQSHda dastlabki davolanishdan so‘ng, Mariya Sol Messi reabilitatsiya jarayonini davom ettirish uchun o‘zining tug‘ilgan shahri Rosarioga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi Kalkutta shahridagi Cri Bhumi sport klubida o‘zining 21 metr balandlikdagi haykalini virtual tarzda ochilish marosimida Hindistonning mashhur aktyori Shohruxxon bilan uchrashgan edi.
Live
Barchasi