Messining PSJga o‘tishi sabab Konor “oyoqqa turdi”

Sport

image

Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor Lionel Messining PSJga o‘tishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempionining ta’kidlashicha, Lionel Messining PSJga o‘tishi sportchilarning daromad jamg‘arish borasidagi raqobatining avj olishiga sabab bo‘ladi.

“Yuqori darajali futbolchilarni bitta klubga yig‘ish aqlga sig‘maydi. Messi yiliga 75 million dollar ishlab topadi. Bonuslarni hisobga olmaganda, albatta. UFC’da yana bitta jang o‘tkazmasdan “Forbes” reytingida uni yengish imkonsizdir. Shunga qaramay meni hisobdan chiqarmang”, deya yozib qoldirgan Makgregor o‘zining Instagram sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, “Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda eng ko‘p daromad ko‘rgan sportchilar reytingida 180 million dollar bilan Konor Makgregor birinchi o‘rinda qayd etildi. Lionel Messi 130 million dollar ko‘rsatkich bilan ikkinchi, Krishtianu Ronaldu esa 120 million dollar evaziga uchinchi pog‘onani band etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Forbes UFC Konor Makgregor Daromad

Baholaganlar

474

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing