Messining ketishi PSJ ijtimoiy tarmoqlariga salbiy ta’sir qildi
Sport
−
05 iyun 2023 5595 1 daqiqa
Argentinalik hujumchi Lionel Messining ketishi tufayli 1,5 milliondan ortiq kishi PSJ ijtimoiy tarmoqlaridagi obunani bekor qildi.
PSJ argentinalik hujumchining ketishini 3 iyun kuni “Klermon” bilan mavsumning so‘nggi o‘yini (2:3) oldidan e’lon qilgandi.
Messining ketishi e’lon qilinishidan biroz avval PSJ Instagram'da 70,4 million obunachiga ega edi. Hozirda sahifada 68,7 million kuzatuvchi bor. Shuningdek, o‘n minglab muxlislar Twitter'dagi PSJ akkauntidan obunani bekor qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr