Messining ketishi Ispaniya futboli uchun qayg‘uli — Rafael Nadal

Sport

image

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal argentinalik futbolchi Lionel Messining “Barselona”dan ketishiga munosabat bildirdi.

“Men futbolni yaxshi ko‘raman, shuning uchun bu xabarni eshitib, xafa bo‘ldim. Ispan futboli bunday o‘yinchidan ayrilgani yoqimsiz. Ushbu holat butun Ispaniya uchun qayg‘uli yangilik.

Ammo bundan hech kim himoyalanmagan. Hozir, nafaqat futbol, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham inqirozni boshdan kechirmoqda. Klublarga qiyin, agar tashkilot davlatlarga tayanolmasa, u zarar ko‘radi”.

Ma’lumki, qum qoplamali kortlar “qirol”i “Real Madrid” jamoasining muxlisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Rafael Nadal faoliyati davomida 20 marta “Katta dubulg‘a” tasnifidagi musobaqalarda g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Futbol Lionel' Messi PSJ Rafael' Nadal

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing