Messining “Barselona”ga qaytishiga qaysi futbolchi to‘sqinlik qilmoqda? 

Sport

image

Argentinalik futbolchi Lionel Messi “Barselona”daligida o‘yinchilarni sotib olish va sotish borasida katta o‘ringa ega ekanligi haqida gap-so‘zlar yurardi.

Ma’lum bo‘lishicha, Messi “Barselona” rahbariyatidan o‘zi uchun o‘ynash noqulay bo‘lgan asosiy tarkib futbolchilarini sotishni so‘ragan. Shunday futbolchilardan biri Serxi Roberto hisoblanadi. Klub Roberto pozitsiyasi uchun Nelson Semedu, Serjino Dest kabi futbolchilar bilan shartnoma tuzdi, biroq shunda ham ispaniyalik himoyachi jamoani tark etmadi.

Hozirda Xavi Robertoni bir nechta pozitsiyalarda o‘ynay oladigan o‘ta foydali futbolchi sifatida ko‘rmoqda. U joriy mavsumda muntazam ravishda maydonga tushib kelmoqda va yozda katta ehtimol bilan jamoani tark etmaydi. Messi esa Serxi bilan bir jamoda to‘p tepish niyatida emas.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing