Messining “Barselona” bilan munosabati yomonlashdi
Sport
−
29 aprel
4318Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi futbolchisi Lionel Messi sobiq klubi “Barselona”ga qaytishni istamayapti. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Messi Kataloniya jamoasi rahbariyati bilan yomon munosabatlar sababli “Barselona” bilan har qanaqa aloqa o‘rnatishni xohlamayapti. Hatto, argentinalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safida o‘z sharafiga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan xayriya uchrashuvida ham ishtirok etishni rejalashtirmayapti.
Ma’lumot o‘rnida, Messi 2004 yildan 2021 yilga qadar kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan. U klub safida 778 ta o‘yinda maydonga tushib, 672 ta gol urdi va 269 ta assist amalga oshirdi. Messi 2023 yilning yozidan beri “Inter Mayami” tarkibida to‘p tepmoqda. Futbolchi ayni damga qadar 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning amerikaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxiriga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali Messining hozirgi qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.
LiveBarchasi