Messining Argentina MTJdagi xayrlashuv o‘yini chiptalari 2 soatda sotildi

Sport

−

image

Lionel Messining Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv o‘yini uchun barcha chiptalar ikki soatda sotilib ketdi. Bu haqda “TNT Sports Argentina” nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Argentina terma jamoasi joriy yilning 6 oktyabr kuni Buenos-Ayresdagi “El Monumental” stadionida Beninga qarshi bahs olib boradi. Mazkur stadion 85 ming tomoshabinni sig‘dira oladi.

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi debyutini 2005 yilda o‘tkazgan. 39 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 207 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Joriy yilning avgust oyining oxirida Messi xalqaro faoliyatini yakunlashga qaror qilganini ma’lum qilgan edi. Shu sababli Beninga qarshi uchrashuv uning Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fabio Kannavaro Lionel Messi sabab O‘zbekiston milliy terma jamoasining Argentina bilan o‘yini bekor qilingani ma’lum qilgandi. Kannavaroning aytishicha, Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi sabab Shimoliy amerikaliklar joriy xalqaro tanaffusdagi uchrashuvlarni o‘z mamlakatida o‘tkazishga qaror qilgan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing