Messi JCH tarixidagi noxush rekord sohibi bo‘ldi
Sport
−
23 iyun 13133 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p penaltini noaniq amalga oshirgan futbolchiga aylandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Bu holat 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turidan o‘rin olgan Avstriyaga qarshi uchrashuvda sodir bo‘ldi. O‘yinning 9-daqiqasida belgilangan penaltini tepgan Messi imkoniyatdan foydalana olmadi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.
Bu Messining Jahon chempionatlari doirasida uchinchi marta penaltidan unumli foydalana olmasligi bo‘ldi. Shu tariqa u mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha yagona antirekordchiga aylandi. Avvalroq bu natija Gana terma jamoasining sobiq hujumchisi Asamoa Gyan bilan teng edi. Statistikaga penaltilar seriyasida amalga oshirilmagan zarbalar ham kiritilgan.
Shu bilan birga, Lionel Messi ushbu o‘yinda Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri bo‘lgan Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Klozening rekordini takrorladi ham.
Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi turnirdagi ilk uchrashuvida Jazoirni 3:0 hisobida mag‘lub etgan, o‘sha bahsda Messi xet-trik qayd etgan edi. Shu tariqa ham Messi, ham Kloze Jahon chempionatlari tarixida eng yaxshi to‘purarlik rekordini yangiladi ham penaltilarni aniq amalga oshirolmaslik boyicha antirekord qayd etdi.
Live
Barchasi