Messi Jahon chempionatidan keyin “Inter Mayami” mashg‘ulotlariga qaytdi
Sport
−
30 iyul 1151 1 daqiqa
Shimoliy Amerika Oliy futbol ligasi (MLS)ning “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionatidan so‘ng jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilindi.
“Bugun futbolchilarning kelishi butunlay boshqacha kayfiyatda qarshi olinmoqda”, deyiladi Messining mashg‘ulot maydoniga kelayotgan suratiga ilova qilingan izohda.
Shuningdek, klub argentinalik yulduzning mashg‘ulotlarga kirishgani aks etgan videoni ham e’lon qildi.
Lionel Messi so‘nggi marta joriy yilning 19 iyul kuni AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilgan Jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi bahsda (0:1) maydonga tushgan edi.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Messi o‘tgan mavsum “Inter Mayami” safida MLS chempionligini qo‘lga kiritgan. Argentinalik hujumchi 2023 yildan buyon AQSH klubida to‘p surib kelmoqda.
Shu vaqtga qadar Messi “Inter Mayami” safida 104 ta uchrashuvda maydonga tushib, 90 ta gol muallifi bo‘lgan.
Live
Barchasi