Messi Jahon chempionatida antirekord o‘rnatdi
Sport
−
02 iyul 13017 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichida kamida 90 daqiqa maydonda harakat qilgan 618 nafar maydon futbolchisi orasida eng kam masofa bosgan o‘yinchi bo‘ldi. Bu haqda “Opta” portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Messi har bir o‘yinda o‘rtacha 8,1 kilometr masofani bosib o‘tgan. Bu ko‘rsatgich guruh bahslarida 90 daqiqa davomida maydonda harakat qilgan futbolchilar orasidagi eng past natija bo‘ldi. Shunga qaramay, u turnirning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bilan birgalikda oltitadan gol urib, peshqadamlik qilmoqda.
Argentina guruh bosqichining so‘nggi turida Iordaniyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Messi ushbu o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, 80-daqiqada jarima zarbasidan turnirdagi oltinchi golini urdi.
Argentina uch uchrashuvda 9 ochko jamg‘arib, “J” guruhida birinchi o‘rinni egalladi.
Endi Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi Jahon chempionatining 1/16 finalida joriy yilning 3 iyulidan dan 4 iyuliga o‘tar kechasi Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi Avstriyaga qarshi uchrashuvda bir yo‘la 4 ta rekordni yangilab Ginnesning rekordlar kitobiga kirgandi.
Live
Barchasi