Messi Jahon chempionati favoritlarini aytdi

Sport

image

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 2026 yilda AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati oldidan turnirning asosiy favoritlari kimligini aytdi.  Bu haqda AS nashri xabar berdi.

“Juda yaxshi jamoalar bor. Anchadan beri chempion bo‘lmagan Ispaniya, Fransiya, Angliya va Braziliya ham turnirda g‘alaba qozonishni istaydi. Doim Argentinani mag‘lub etishni orzu qilgan Germaniya endi o‘tgan Jahon chempionatidan keyin buni yanada ko‘proq xohlaydi. Bu juda qiyin bo‘ladi, ammo ular chempionlik uchun kurashishlariga shubha qilmayman”, deydi Lionel Messi.

Shuningdek, “Inter Mayami” yulduzi ham o‘z fikrini bildirib, chempionlik uchun kurashishda yuqoridagi jamoalar nomi bilan birga Argentinani ham chempionlik uchun favorit ekanligini ta’kidladi. Biroq chempionlik kurashida Messi Ronaldo boshchiligidagi Portugaliyani o‘zining favoritlar ro‘yxatiga qo‘shmadi.

Ma’lumot uchun, qur’ada Argentina terma jamoasi Avstriya, Iordaniya va Jazoir bilan birga “J” guruhidan o‘rin oldi. Portugaliya esa Kolumbiya, O‘zbekiston va Kongo/Yangi Kaledoniya/Yamayka pley-off g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy oldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina va Portugaliya o‘z g‘ururlarida birichi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqsa, ular chorak finalida bir-biriga qarshi maydonga tushishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Jahon chempionati Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing