Messi YeCHLda Ronaldudan o‘zib ketib, rekord o‘rnatdi

Sport

image

Kecha, 14 sentyabr kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining 2-turi doirasida PSJ “Makkabi” mehmoni bo‘lib, 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Parijliklarning gollariga Lionel Messi, Kilian Mbappe va Neymar Junior mualliflik qildi.

Ahamiyatli jihati shundaki, argentinalik futbolchi “Makkabi” darvozasiga kiritgan goli bilan Chempionlar ligasida to‘p kiritgan mavsumlarining sonini 18 ta yetkazdi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Messining ushbu natijasini shu mavsumning o‘zidayoq “Real Madrid” hujumchisi Karim Benzema takrorlashi mumkin. Fransiyalik hujumchi YeCHLning 17 ta mavsumida gol urgan. Krishtianu Ronaldu va “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Rayn Giggs esa 16 ta mavsumda raqiblarining darvozasi to‘rini silkitgan.

Shuningdek, 35 yoshli Lionel Messi “Makkabi” darvozasini ishg‘ol qilish orqali CHLda gol kiritgan klublari sonini 39 ta yetkazdi. U bu borada Krishtianu Ronalduning 38 talik natijasidan o‘zib ketdi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda argentinalik futbolchi PSJ tarkibida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing