Messi va Ronaldu JCH pley-off bosqichida uchrashishi mumkin

Sport

image

Futbol tarixidagi eng katta qarama-qarshilik Ronaldu va  Messi to‘qnashuvi 2026 yilgi Jahon chempionatida sodir bo‘lishi mumkin. Jahon chempionati qur’a tashlash marosimidan so‘ng Portugaliya va Argentina terma jamoalarining Jahon chempionati pley-off bosqichida bir-biriga qarshi maydonga tushish ehtimoli juda yuqori.

Turnir qur’asidan so‘ng Argentina “J” guruhidan, Portugaliya esa “K” guruhidan joy oldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar Argentina ham, Portugaliya ham guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallasa va 1/32 finalda ham g‘alaba qozonib, 1/16 final bosqichini ham bosib o‘tsa, ushbu jamoalar chorak finalda to‘qnash keladi.

Agar bu amalga oshsa, Kanzas-Sitidagi “Errouhed” stadioni futbol tarixidagi eng katta va eng kutilgan o‘yinlardan biriga mezbonlik qiladi. 

Ma’lumot uchun, qur’ada Argentina terma jamoasi Avstriya, Iordaniya va Jazoir bilan birga “J” guruhidan o‘rin oldi. Portugaliya esa Kolumbiya, O‘zbekiston va Kongo/Yangi Kaledoniya/Yamayka pley-off g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing