Messi va Neymarsiz qolgan PSJni jiddiy sinov kutyapti

Sport

image

Bugun, 11 sentyabr kuni Fransiya chempionatining 5-turi doirasida musobaqa yetakchisi PSJ o‘z maydonida “Klermon” jamoasini qabul qiladi.

Ahamiyatli tomoni shundaki, parijliklarning asosiy futbolchilari hisoblangan Lionel Messi, Neymar, Leandro Paredes va Anxel Di Mariya tarkibga kiritilmagan. Mourisio Pochettino ularga dam olish imkoniyatini taqdim etdi. Kilian Mbappening maydonga tushishi ham so‘roq ostida. Sababi, u Fransiya terma jamoasi safida Bosniya bilan o‘yinda jarohat olib, ortga qaytgan edi. 

Shuningdek, jamoa safiga qo‘shilgan Serxio Ramos ham parijliklarga yordam berolmaydi. Negaki mashg‘ulotlarning birida jismoniy tiklanishi davom etayotgan Ramosning oyoq mushaklarida yana muammolar paydo bo‘ldi. U kelasi haftagacha jarohatdan tiklanadi va shundan so‘ng, yakkalik mashg‘ulotlarini boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Parij super klubi 4 o‘yindan so‘ng, 12 ochko to‘plab, musobaqada peshqadamlik qilmoqda. “Klermon” esa, 3-o‘rinda. Jamoa hisobida 8 ochko mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Neymar PSJ Mbappe Ramos Liga 1

Baholaganlar

485

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing