Messi Turkiya va Suriyadagi zilzilalardan jabrlanganlarga katta summa xayriya qildi

Sport

image

Turkiya va Suriyadagi zilzilalar minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi. Kuchli silkinishlar ko‘plab uylar, maktablar, binolar va boshqa inshootlarni vayron qildi. Bu ikki davlatdagi muammolar butun dunyoni, jumladan, futbol yulduzi Lionel Messini ham xavotirga soldi. Futbolchi jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga qaror qilgan. Bu haqda “Sot.com” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Lionel Messi Turkiya va Suriyadagi zilzilardan jabrlanganlar uchun 3,5 million yevro xayriya qildi.

Messi o‘zining “Leo Messi Foundation” jamg‘armasidan zilziladan jabrlanganlarga yordam yuborishni so‘radi. 

Ma’lumot uchun, “Leo Messi Foundation” – bu dunyo bolalarining salomatligi va ta’lim olishiga g‘amxo‘rlik qiluvchi oilaviy jamg‘arma hisoblanadi. Leoning akasi Matias Messi agentlik faoliyatini UNICEF bilan hamkorlikda tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing