Messi tufayli Argentina Prezidenti sport mansabdorini ishdan oldi
Sport
−
18 iyul
21706Argentina Prezidenti Xaver Miley sport departamenti rahbari o‘rinbosari Xulio Garroni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati X sahifasida ma’lum qildi.
Gap shundaki, Garro Lionel Messi mamlakat terma jamoasi o‘yinchilarining Fransiya terma jamoasi futbolchilariga nisbatan irqchilikka asoslangan haqoratlari uchun uzr so‘rashi kerakligini aytgan.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, hech bir hukumat jahon chempioni va Amerika Kubogining ikki karra g‘olibiga Argentinadagi boshqa fuqarolar kabi nima deyish, nima o‘ylash yoki nima qilish kerakligini aytolmaydi. Shu sababli Xulio Garro bundan buyon sport departamenti rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat olib bormaydi.
O‘z navbatida, “Urbana Play” radiosiga bergan intervyusida Garro bu holatda terma jamoa sardori, Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti kabi kechirim so‘rashi kerak, deb hisoblashini bildirdi.
Argentinalik futbolchilar Kolumbiya ustidan g‘alaba qozongan Amerika Kubogi finalidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda Fransiya terma jamoasi futbolchilariga nisbatan irqiy haqoratli qo‘shiq yangragan videoni joyladi.
Videoni chop etgan Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes uzr so‘radi. Fransiya futbol federatsiyasi esa holat yuzasidan FIFA bilan bog‘lanish niyatida. Fernandes o‘ynayotgan Angliyaning “Chelsi” klubi ham futbolchining harakatini qoraladi.
LiveBarchasi